Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda Hakim Termiziy nomidagi jome masjidi ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 10-11 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Termiz shahrida yangi masjid loyihasi bilan tanishib, tegishli topshiriqlarni bergan edi.
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Surxon ipagi” mas'uliyati cheklangan jamiyati buyurtmasiga asosan “Profgrupp” MChJ quruvchilari tomonidan barpo etilgan masjidda barcha shart-sharoit yaratilgan.


Muborak Ramazon oyida foydalanishga topshirilgan yangi jome masjid Surxondaryo viloyati aholisi, ayniqsa termizliklarga munosib sovg‘a bo‘ldi.
Davlat rahbarining 2017 yil 14 fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 6 gektar maydonda qurilgan muazzam majmuada Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va imomlar uchun 5 ta xizmat uyi, mehmonxona, otalar choyxonasi va boshqa xizmat ko‘rsatish inshootlari qad rostladi.
Jome masjidida bir yo‘la 2 ming 250 dan ortiq musulmonlarning toat-ibodat amallarini bajarishiga mo‘ljallangan xonaqoh mavjud.
– Bu yerda erkaklar va ayollarning ibodat qilishlari uchun alohida xonaqohlar qurildi, – deydi “Profgrupp” MChJ ish boshqaruvchisi M.Abdullayev. – 70 o‘ringa mo‘ljallangan tahoratxonada ham barcha qulaylik yaratilgan. Barcha zallarga issiq pol qoplangan. Shuningdek, sovitish tizimlari o‘rnatilgan.
Milliy va zamonaviy arxitektura yechimlari asosida qurilgan masjidning ikki yonida har biri 41,5 metr bo‘lgan ikkita minora, balandligi 22 metr bo‘lgan salobatli gumbaz ham qadimiy shahar ko‘rkiga o‘zgacha chiroy ulashdi.
Yangi masjidning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov so‘zga chiqdi. Kecha ushbu masjidda taroveh namozi ado etilib, xatmi Qur'on boshlandi.
Mavzuga oid

11:22 / 14.07.2025
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda

10:03 / 04.07.2025
Pokiston Termizda "quruqlik porti"ni tashkil etishi mumkin

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

15:39 / 29.06.2025