Maktabgacha ta'lim vazirligi Suriyadan qaytgan bolalar uchun bayram uyushtirdi
1 iyun kuni Maktabgacha ta'lim vazirligi (MTV) Yaqin Sharqda uzoq davom etgan qurolli mojarolar hududlaridan qaytgan ayollar va bolalar uchun bayram tashkil etdi. MTV matbuot xizmati Kun.uz'ga shu haqida xabar berdi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Suriyadan qaytgan ayollar va bolalar uchun Toshkent viloyatidagi sanatoriy hududida bolalar bayrami tashkil etildi. Turli yoshdagi 100dan ortiq bolalar uchun sovg‘alar va shirinliklar taqdim etildi, ijodiy mahorat darslari va animatorlar ishtirokidagi yorqin chiqishlar tayyorlandi.


“Qurolli mojarolar hududlaridan qaytgan bolalarni oldinda ijtimoiy moslashuv kabi murakkab davr kutmoqda. Bugungi bayram ulardagi ijobiy his-tuyg‘ularni qayta tiklash va hayotlarining dastlabki yillarida ko‘rgan jabr va ayanchli xotiralarini oz bo‘lsa-da bartaraf etishga qaratilgan birinchi qadamdir. Bolalarning tinch hayotga qaytganiga uch kun bo‘ldi va biz ularda ijobiy hissiyotlar paydo bo‘layotganini ko‘ryapmiz: ular atrofdagilar uchun tobora ochilib, hayotga qiziquvchanlikni namoyon etishmoqda. Ammo bolalarning jamiyatga to‘liq moslashuvchi uchun xali juda ko‘p ishlar amalga oshirilishi lozim. Ularning jamiyatga va dunyoga bo‘lgan ishonchini tiklash uchun barchamizdan vaqt, sabr va cheksiz muhabbat talab etiladi", - deydi MTVning maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish va strategik rivojlantirish bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva.


Shahnoza Mirziyoyeva ziddiyatli hududlardan qaytgan ayollar bilan suhbatlashar ekan, ularning dardlarini tingladi va yo‘llagan savollariga javob berdi. Uning ta'kidlashicha, har bir bola, qayerda tug‘ilganidan qat'i nazar, davlat himoyasi ostida bo‘ladi, bolalarning onalari esa psixologik va ijtimoiy yordam bilan ta'minlanadi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Do‘stlar, biz bu kunga yetdik, uddaladik!” – oson kechmagan mundial yo‘li haqida katta suhbat
Sport | 22:02
-
Germaniyada barcha politsiyachilarni elektroshokerlar bilan qurollantirish taklif qilindi
Jahon | 21:49
-
AQSh Ukrainaga va’da qilingan 20 mingta raketani Yaqin Sharqqa yubordi - Zelenskiy
Jahon | 21:39
-
United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink’ni o‘chirib qo‘yishni boshladi
Jahon | 21:04
Mavzuga oid

18:00 / 13.05.2025
O‘zbekistonlik 14 nafar faxriyning hayotiga oid «Xotira nuri» kitobi taqdim etildi

11:02 / 23.10.2024
Asila Mirzayorova nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil bo‘ldi

19:16 / 11.09.2024
Har bir kambag‘al oilaning kamida bir a’zosi oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi

12:09 / 23.08.2024