Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin bolalar uchun eng foydali kitoblar Qur'on, Injil va Tavrot ekanligini aytdi

Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Qur'on, Injil va Tavrot kitoblarini o‘qish foydalidir.
"Injilni o‘qishsin, Tavrot, Qur'onni o‘qishsin, har qanday holatda ham bu foydali. Bu kitoblar o‘g‘il bolalarga ham, qiz bolalarga ham to‘g‘ri keladi", - dedi Putin jurnalistlarning u har qanday mamlakatdagi bolalarga qanday kitob o‘qishni maslahat berishi mumkinligi haqidagi savoliga javoban.
"Chunki dunyodagi barcha dinlarda insonparvarlik mujassam. Agarda biz ularga amal qilsak, dunyo yanada yaxshiroq bo‘ladi", - deb qo‘shib qo‘ydi Rossiya prezidenti.
AQShning Pew tadqiqot markazi ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya aholisining 71%ini pravoslavlar, 10%ini musulmonlar tashkil etadi.
Mavzuga oid

08:25 / 26.07.2025
RF: Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvi yoz oxirigacha yuz bermaydi

11:06 / 04.07.2025
Kiyevga tungi hujum: 20 dan ortiq kishi jabrlangan, temiryo‘l shikastlangan

10:26 / 04.07.2025
Tramp Putin bilan suhbat haqida: o‘zgarish yo‘q

22:45 / 25.06.2025