O‘zbekiston | 15:00 / 07.06.2019
3551
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda Xalqaro investitsiya forumi ish boshladi

7-8 iyun kunlari Namangan shahrida Xalqaro investitsiya forumi va Namangan viloyati ishlab chiqaruvchilarining milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

O‘z ichiga juda katta Dasturlarni jamlab olgan forum davomida, vodiy viloyati xorijiy kompaniyalari vakillariga bor iqtisodiy salohiyatini namoyish qiladi.

Tadbirga dunyoning 40dan ziyod mamlakatidan 300 nafarga yaqin chet ellik tadbirkorlar tashrif buyurgan. Forumning birinchi kunida «Shodiyona» majmuasida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov, viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, MIVT vaziri birinchi o‘rinbosari Alisher Abdualiyev, Respublika Savdo sanoat palatasi raisi Adham Ikramov so‘zga chiqdi.

Yig‘ilish davomida Namangan viloyatining iqtisodiy salohiyatini namoyish qiluvchi video-taqdimot namoyish qilindi. 

Shundan so‘ng Davlat xizmatlar markazida 4ta yo‘nalish — sanoat va muqobil energiya manbalari, qishloq xo‘jaligi va mahsulotlarni qayta ishlash, madaniy-tarixiy turizm, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar hamda xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish mavzularida seksiyalar muhokamasi o‘tkazildi.

Mavzuga oid