Sport | 23:41 / 15.06.2019
7690
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasiga yangi rahbar tayinlanadi

Foto: Boks federatsiyasi

O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi raisi Ahmadjon Rahimov o‘z lavozimini tark etdi, deb xabar beradi Kun.uz manbasi.

Rahimov 2018 yilning 4 oktabr kunidan beri tashkilot rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi. Shu davr ichida taekvondochi o‘smirlarimiz tomonidan Olimpiya o‘yinlarida 1ta kumush medal qo‘lga kiritildi. May oyida o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida esa muvaffaqiyatsiz ishtirok etildi. Taekvondochilarimiz musobaqada birorta medalni qo‘lga kirita olmadilar. Natijada, O‘zbekiston taekvondochilari Olimpiya reytingida sezilarli ravishda pastga tushib ketishdi.

Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi rahbari lavozimiga Sherzod Toshmatov tayinlanadi. U ko‘p yillar davomida O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan va 2019 yil fevral oyida lavozimini tark etgandi.

Mavzuga oid