«Toshissiqquvvati» DUK xodimi 27 million so‘mni noqonuniy o‘zlashtirgani aniqlandi
«Toshissiqquvvati» davlat unitar korxonasi Chilonzor tumani bo‘limi texnik xodimi firibgarlik yo‘li bilan 27 million so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Z.M. ismli xodim 2018 yil davomida 58 nafar fuqarodan isitish tizimi va issiq suv manbasi uchun 27 million so‘m undirgan. Biroq u to‘langan pullarni iste'molchilarning shaxsiy hisob-raqamlariga tushirmasdan, ularga to‘lov kvitansiyalarini yozib berish orqali mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur korxona murojaatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda mazkur holat fosh etilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Z.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

07:40 / 21.05.2025