Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dani Alves «PSJ»dan ketdi

«PSJ» himoyachisi Dani Alves klubdan ketishini ma'lum qildi.
«Bugun hayotimning yana bir sahifasi yopildi. Bu – g‘alabalar, o‘rganishlar va tajriba bitilgan sahifa bo‘ldi.
Klub tarixidagi yangi sahifani bitishda ishtirok etish imkoniyatini bergani uchun «PSJ» oilasiga minnatdorchilik bildiraman. Quvonchli va qayg‘uli onlarda birga bo‘lgan barcha jamoadoshlarimga rahmat», – deb yozdi Alves Instagram sahifasida.
36 yoshli braziliyalik faoliyatini qayerda davom etirishi ma'lum emas. Uning «PSJ» bilan shartnomasi muddati 30 iyunda tugaydi.
Alves Parij klubi safida ikki yil to‘p tepdi. U 2017 yilda erkin agent sifatida «PSJ»ga kelgandi. Dani bu jamoa safida ikki karra Fransiya chempioni bo‘ldi, bir martadan mamlakat kubogi va liga kubogida g‘olib chiqdi.
O‘tgan mavsumda 13-raqam egasi klubining 32ta o‘yinida maydonga tushib, 11ta golda (3+8) bevosita qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, Dani Alves faoliyati mobaynida «Yuventus» (2016-17), «Barselona» (2008-2016) va «Sevilya» (2002-2008) klublarida ham o‘ynagan.
U ayni paytda o‘z vatanida kechayotgan Kopa Amerikada Braziliya milliy jamoasi sardori sifatida qatnashmoqda.
Mavzuga oid

09:30 / 06.07.2025
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi

13:36 / 30.06.2025
«PSJ» Messi va jamoasini ayamadi. O‘yin taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal bo‘ldi

12:31 / 20.06.2025
«Inter Mayami» Messining shedevri bilan kambek qildi, «PSJ»da sensatsion mag‘lubiyat

12:00 / 16.06.2025