«Binokor» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etadi

Toshkentning «Binokor» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar beradi Shaiba.kz.
Avvalroq, Toshkentning «Humo» xokkey klubi Rossiyaning Oliy Xokkey Ligasida (OXL) ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. (http://tribuna.uz/exLS55V4N0) «Binokor» esa «Humo»ning farm-klubi hisoblanadi.
«Binokor» dastlabki yig‘inni 14 iyul kuni boshlaydi. Ungacha jamoaning Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishi bilan bog‘liq barcha yuridik masalalar hal qilinishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil bahorida Toshkentda «Humo» muz saroyi ochildi va ilk marotaba mamlakat chempionati o‘tkazildi. Unda Toshkentning 4ta klubi ishtirok etdi. Muntazam chempionatda «Humo» klubi g‘alaba qozondi, biroq jamoa pley-offda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. «Semurg‘» klubi esa yakunda O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
Ma'lumot o‘rnida, «Binokor» xokkey klubi 1971 yilda tashkil qilingan. 1973 – 1988 yillarda sobiq SSSR chempionatining birinchi va ikkinchi ligalarida o‘ynagan.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Do‘stlar, biz bu kunga yetdik, uddaladik!” – oson kechmagan mundial yo‘li haqida katta suhbat
Sport | 22:02
-
Germaniyada barcha politsiyachilarni elektroshokerlar bilan qurollantirish taklif qilindi
Jahon | 21:49
-
AQSh Ukrainaga va’da qilingan 20 mingta raketani Yaqin Sharqqa yubordi - Zelenskiy
Jahon | 21:39
-
United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink’ni o‘chirib qo‘yishni boshladi
Jahon | 21:04
Mavzuga oid

08:50 / 31.05.2024
Toshkentda muz saroyini o‘z ichiga oluvchi Xokkey sport majmuasi quriladi

18:34 / 29.05.2024
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi

22:47 / 30.04.2024
O‘zbekiston yosh xokkeychilari Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi

13:30 / 19.03.2023