«Million» guruhi rasmiy ravishda ogohlantirildi. Ogohlantirish davlat bojini undirish to‘g‘risida

Foto: Instagram/Davron_Kabulov
«Million» guruhi ijodiy jamoasi davlat bojini undirish to‘g‘risida rasmiy ogohlantirildi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» muassasasi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-sonli qarori bilan tasdiqlangan Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi tomonidan joriy yilning 25 iyundagi navbatdagi yig‘ilishda jamoaning doimiy a'zolariga O‘zbekiston Respublikasi va uning tashqarisida konsert dasturlarini muntazam ravishda o‘tkazib kelayotganligi bois, "BRAVO MUSIC" MChJ tomonidan, ya'ni «Million» guruhi ijodiy jamoasiga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi beruvchi litsenziya reytingning 2-guruhi berilib, har biriga yillik 19 867 540 so‘mdan amalga oshirilishi belgilangan.
Shu orqali, Muassasaga konsert o‘tkazish uchun taqdim etilgan konsert ssenariyda «Million» guruhi ijodiy jamoasiga Davron Qobulov, Mirkomil Musayev, Alisher Botirov, Ma'ruf Nosirov, Nig‘matjon O‘tkirov, Feruza Normatova, Umidjon Haydarov litsenziyasi uchun har biriga alohida yillik 19 867 540 so‘mdan, konsert dasturidagi qolgan a'zolarga reytingning 4-guruhi bo‘yicha Shavvozlar guruhi har biriga alohida yillik 8 109 200 so‘mdan, jami dasturdagi ishtirokchilar (13 nafar)ga 187 727 980 so‘m miqdoridagi to‘lovlar hisoblangan.
Shunga asosan litsenziya uchun 187 727 980 so‘m davlat bojini davlat muassasasining maxsus hisob raqamiga joriy yilning 16 iyuliga qadar to‘lash so‘ralgan.
Aks holda, Muassasa va "BRAVO MUSIC" MChJ, ya'ni «Million» guruhi ijodiy jamoasi o‘rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi bekor qilinishi aytilgan.
Tavsiya etamiz
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

10:54 / 12.03.2025
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi

20:46 / 19.07.2024
«O‘zbekkonsert» litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorga chora ko‘rdi

12:39 / 09.10.2023
«O‘zbekkonsert» direktori o‘zgardi

08:47 / 26.05.2022