Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologlar: Global iqlim isishi Sibirdagi dahshatli yong‘inlar sababchisi

Foto: TV Tsentr
Ekologlarning ishonch bildirishlaricha, Sibirdagi dahshatli o‘rmon yong‘inlari Arktika muzliklarining yanada tezroq erishiga olib kelishi mumkin. Bu esa, global iqlim isishiga olib kelishi mumkin, deb yozmoqda CBS News.
OAVga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlari avvallari ham Sibirda ko‘p kuzatilgan, biroq bu yil uning qamrovi dahshatli bo‘lgani atrof-muhitga uzoq muddatli salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
«Muz yoki qor ustiga tushadigan kullar uni qoraytiradi, shu bilan uning yorug‘likni qaytarish xususiyati pasayadi, issiq harorat ko‘proq saqlanadi», - deyiladi Butunjahon meteorologiya tashkiloti bayonotida.
Nashrning qayd etishicha, olimlar NASAning sun'iy yo‘ldosh fotosuratlarini e'lon qilgan. Unda Sibir o‘rmon yong‘inlarining tutuni Arktika hududlariga yetib borayotgani aks etgan. Bu esa, muzliklarning erishini tezlashtirishi mumkin.
Rossiyalik ekologlarning fikricha, yong‘inlar oqibatida havoga chiqayotgan is gazi yirik shaharlar ko‘rsatkichiga teng. 2019 yili 12 mln gektar o‘rmon yongani sababli issiqxona gazlarining ko‘p miqdorda havoga ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid

07:26 / 05.07.2025
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari 22 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi

08:29 / 02.07.2025
Turkiyada kanani yoqishga uringan erkak o‘rmonga o‘t qo‘yib yubordi

18:07 / 29.06.2025
Turkiyada o‘rmon yong‘inlari sabab o‘nlab aholi punktlari evakuatsiya qilindi

18:29 / 24.06.2025