Joshua va Ruis o‘rtasidagi revansh jang Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi

Foto: REUTERS
Britaniyalik bokschi Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn o‘ta og‘ir vazn toifasida Joshua va amerikalik-meksikalik jahon chempioni Endi Ruis o‘rtasidagi revansh jang Saudiya Arabistonida o‘tkazilishiga izoh berdi va bu voqea boksni batamom o‘zgartirib yuborishi mumkinligini aytdi.
Xirnning matbuot anjumanda ma'lum qilishicha, jang 7 dekabrda Saudiya Arabistoni poytaxti yaqinidagi Ad-Diriya stadionida ochiq osmon ostida o‘tkaziladi.
“Yengilmas” Joshua Ruis bilan 1 iyunda Medison Skver Gardenda bo‘lib o‘tgan jangda IBF, WBA va WBO chempionlik kamarlarini raqibiga boy bergandi.
“Bizda Saudiya Arabistoni, Dubay, Qatar, Abu-Dabidan takliflar bo‘ldi”, deb qo‘shimcha qilgan Xirn.
“Biz Kardiff va Medison Skver Gardendan tashqarida ham boshqa dunyo borligini anglashimiz va boksni yangi hududlarda rivojlantirishimiz lozim. Qarang, bu davlatda jahon miqyosidagi qancha voqealar bo‘lib o‘tmoqda, ularda boks sportiga o‘z qarashlari va ishonchlari bor”, deb aytgan Xirn.
“Bu voqea boksni batamom o‘zgartirib yuborishi mumkin. Agar Saudiya Arabistoni bunday janglarga mablag‘ tiksa, ularda sportni rivojlantirish uchun mavjud salohiyat bilan siz boksda katta o‘zgarishlar yuz berishini ko‘rishingiz mumkin”, deb ta'kidlab o‘tgan promouter.
Shuningdek, u Saudiya Arabistoni tomonidan oxirgi yillarda tashkil etilgan xalqaro sport tadbirlarini sanab o‘tgan. Ular orasida Formula Ye poygalari, European Tour golf, Italiya Superkubogi, boks va kurash WWE (restling) bor.
Yaqinda Saudiya Arabistoni 2020 yilda mukofot jamg‘armasi 20 mln dollarlik dunyodagi eng katta ko‘lamli ot poygalari o‘tkazishini e'lon qilgandi.
“Bu boks uchun katta voqea, muhim ondir. Men sizga butun dunyo bu kurash ortidan katta qiziqish bilan kuzatishiga kafolat beraman”, deb aytgan Xirn.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujumda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi
Jahon | 08:51
-
O‘zbekistonda ekologiya muhofazasi bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 08:37
-
Isroil gumanitar yordam yuklangan 3000 ta yuk mashinasining G‘azoga kirishini to‘sib qo‘ydi
Jahon | 08:15
-
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi
Jamiyat | 08:00
Mavzuga oid

07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor

22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

22:01 / 13.05.2025