Light | 21:49 / 27.08.2019
8186
3 daqiqa o‘qiladi

Dunyo bo‘yicha uchuvchilarning 5.2 foizi ayollardan iborat. Nega ular bu sohada kamchilik?

Foto: Yuri Smityuk/TASS

Ayni paytda ko‘plab havo yo‘llari kompaniyalarida ayol uchuvchilar sanoqli. Rossiyaning PJSC va Dubayning Emirate havo kompaniyalari bu borada gender bo‘shlig‘ini yo‘qotishga harakat qilayotganiga qaramay, ularda ham hanuz bu holat unchalik o‘zgargani yo‘q, deb yozadi Bloomberg nashri.

Sayohat platformasi hisoblangan FromAtoBning ma'lumotlariga qaraganda, Qatar havo yo‘llari va Yangi Zelandiyaning Finnair Oyj va Jetconnect kompaniyalarida ayol uchuvchilar soni eng kam hisoblanadi.

Bundan tashqari, hatto eng ko‘p ayol uchuvchisi bor deya qayd etilgan havo yo‘llari kompaniyalarida ham 90 foiz erkak uchuvchilar xizmat qilayotgani to‘g‘risidagi statistika ham ma'lum qilindi.

«Taxminiy ming nafar samolyot boshqaruvchilar orasida bor-yo‘g‘i 30 nafar ayollar bor. Ayni paytda bu raqamni oshirish uchun harakat qilmoqdamiz», deydi Finnair kompaniyasining ayol spekeri Paivyt Tallqvist.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ishga olish dasturlarini ko‘paytirish orqali Finnair`da ayollar ulushi oshib bormoqda.

Izlanishlar Finnair`da ishga olingan 4 ming 200 nafar uchuvchining 58 nafari ayollar ekanligini ko‘rsatmoqda.

Rossiya havo yo‘llarining asosiy qismida 68 nafar ayol uchuvchi bo‘lib, ularning 48 nafari orqa liniyada turuvchi shaxslar, 9 nafari esa kapitan bilan bir qatorda ishlovchilar, qolganlar tezlik bilan shug‘ullanishadi.

Emirate kompaniyasi uzoq masofalarga reyslar uyushtiruvchi eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lib, uchuvchilarni ishga olish borasida ham alohida tajriba talab qiladi. Aksiga olib bu kompaniyaga hujjat topshiruvchilar orasida erkak nomzodlar foizi ancha yuqori.

Mideast kompaniyasi o‘z tarkibidagi mavjud 99 ayol uchuvchining uchdan bir qismini o‘tgan 2 yil ichida ishga olinganini ma'lum qildi.

Global miqyosda olinadigan bo‘lsa, o‘rtacha uchuvchilarning 5.2 foizini ayollar tashkil qilmoqda. Aytish mumkinki, bu sohada ularning juda kamchilik faoliyat yuritishi uchuvchilik uchun jismoniy jihatdan ham ancha kuchli bo‘lish talab qilinishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid