Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga borishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Davlat rahbarining xorijga safariga tayyorgarlik ko‘rish masalasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama qilindi.
«Tegishli idoralar va vazirliklar rahbarlari Rossiya Federatsiyasiga yuqori darajadagi tashrifga tayyorgarlik ko‘rishda: yuqori rentabellik va milliy iqtisodiyotning kompleks rivojlanishi uchun ahamiyatli yangi loyihaviy takliflarni tayyorlash maqsadini ilgari surgan holda o‘zlariga asosiy vazifalarni belgilab oldilar», deyiladi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.
Shu yilning martida Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev bilan uchrashuv vaqtida so‘nggi ikki yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 20 foizga o‘sganini qayd etib, 2019 yil oxirida O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi kutilayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Keyinroq, may oyida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Toshkentga kelganida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qilgandi.
Mavzuga oid

21:25 / 09.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi

20:51 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

19:35 / 16.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriya va Sloveniyaga tashrif buyuradi

16:25 / 17.04.2025