AQShda Eron neft obektlariga hujum qilish taklif etildi

Foto: J. Scott Applewhite/AP Photo
AQSh senatori Lindsi Grem tvitterda AQSh hukumati Saudiya Arabistoni neft zavodlariga qilingan hujum bilan bog‘liq holda Erondagi neft obektlariga zarbalar berish imkoniyatini o‘rganib chiqishi kerakligini aytdi.
Uning aytishicha, Eron jiddiy oqibatlarni his qilmaguncha, bunday harakatlarni amalga oshirishni bas qilmaydi.
Senatorning ta'kidlashicha, Eron neft obektlariga hujum bu mamlakatdagi tuzumga qaqshatqich zarba beradi.
Avvalroq AQSh bosh kotibi Maykl Pompeo Eronni Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga hujum qilishda ayblagandi.
14 sentyabrda Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining Abkayk va Xurays tumanlaridagi 2 ta korxonasiga dronlarda hujum qilinishi oqibatida yong‘inlar yuz bergandi.
Yamanlik xusiylar zavodlarga hujum 10 ta dron yordamida amalga oshirilganini ma'lum qilgan.
Hujum sababli Saudiya Arabistonida neft ishlab chiqarish hajmi kuniga 5,7 mln barrelga kamaygan. Bu esa Saudiya Arabistonida ishlab chiqariladigan bir kunlik neft hajmining deyarli yarmini tashkil qiladi.
Mavzuga oid

07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi

19:00 / 19.05.2025