O‘zbekiston AES uchun uskunalar yetkazib beradigan Rossiya ta'minotchilarini o‘rganmoqda

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Atom elektr stansiyasi (AES) uchun uzoq muddatli uskunalarni ishlab chiqarish tajribasini o‘rganish, shuningdek tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun «O‘zatom» agentligi delegatsiyasi Sankt-Peterburgdagi (Rossiya Federatsiyasi) «Silovyye mashiny» AJK ishlab chiqarish obektlarida bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif doirasida delegatsiya gidravlik, issiqlik va atom elektr stansiyalari uchun turbinalar ishlab chiqaruvchi Leningrad metall zavodida, Yaponiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan, bugungi kunda energiya mashina qurilishi sohasida ilg‘or kompleks ta'minotchi bo‘lgan transformatorlar ishlab chiqaruvchi korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Zavodning asosiy mahsuloti 110–750 kV quvvati 25 MVA dan ortiq bo‘lgan, jumladan uch fazali kuchlanish transformatorlaridir.
Tanishuv jarayonida «Silovyye mashiny» AJK tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ular sotuvga chiqariladigan ham Rossiya Federatsiyasidagi ichki bozor, ham yaqin va uzoq xorij mamlakatlari haqida ma'lumotlar taqdim etildi.
Bundan oldin, AES joylashgan yerda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha uchta hudud belgilanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid

22:10 / 01.06.2025
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti

23:46 / 27.05.2025
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi

16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi

16:51 / 13.05.2025