Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Saudiya Arabistonini himoya qilish uchun Fors ko‘rfazida esminetsini joylashtirdi

AQSh Saudiya Arabistonining shimoli-sharqiy havo kengliklarini mudofaa qilish uchun Fors ko‘rfaziga raketaga qarshi mudofaa tizimi bilan jihozlangan USS Nitze ("Nitse") esminetsini yubordi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.
AQShning ta'kidlashicha, Eron 14 sentabr kuni Saudiya Arabistonining shimoli-sharqiy havo kengliklari orqali qirollik neft korxonalariga zarba bergan.
Nitze esminetsi 500 km masofaga uchuvchi 74 ta SM-3 raketaga qarshi raketalari hamda 1,6 ming km masofadagi nishonni yo‘q qiluvchi Tomahawk ("Tomagavk") raketalari bilan jihozlangan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda Fors ko‘rfazi janubida AQShning yana bir USS Gonzalez ("Gonsales") esminetsi joylashgan. Yana bir esminetsi esa Fors ko‘rfazining markaziy qismida turibdi.
Bundan tashqari, Ummon ko‘rfazida USS Abraham Lincoln ("Avraam Linkoln") atom aviatashuvchisi, raketali kreyser va ikkita esminetsdan iborat zarba beruvchi guruh joylashtirilgan.
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025