Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabdan bola o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol haqidagi mish-mishlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Foto: Creative Commons
Toshkent viloyati IIBB ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq shahrida joylashgan 9-sonli maktabdan notanish ayol bola o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi" nomi bilan tarqatilgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan joriy yilning 27 sentabr’ kuni yuqoridagi xabar hamda ayolning kishining foto suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganligi holati o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan ushbu suratdagi ayol Buxoro viloyatida tug‘ilgan G.S. ekanligi aniqlandi. U dugonasining iltimosiga ko‘ra, uning qizini o‘z farzandi 2012 yilda tug‘ilgan O.O. bilan birga, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 187-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidan olib kelish maqsadida mazkur maktabga borganligi, maktabda dugonasining qizi uni tanimaganligi hamda u bilan ketishni xohlamaganligi sababli, maktab xodimlarni e’tiboriga tushgan.
Natijada sodir bo‘lgan anglashilmovchilik holati tufayli, voqea befarq bo‘lmagan fuqarolar tomonidan G.S. suratga olinib, “bola o‘g‘risi” yo‘sinidagi tasdiqlanmagan noto‘g‘ri xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.
Mavzuga oid

14:25 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi

13:45 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi

15:28 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi

12:37 / 15.07.2025