Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
44 yoshli shifokor RShTYoIM Toshkent viloyat filialida davolanayotgan bemor ayolni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bahonasida uning tanasidan ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgan. U hatto xona eshigi va derazasini ichkaridan yopib olgan. Bu paytda bemor xonada yolg‘iz bo‘lgan.

Foto: Fotolia / Andy Dean
Bemor ayolga shilqimlik qilgan shifokor ma’muriy jazoga tortildi.
Kun.uz tanishgan sud qarorida keltirilishicha, 1981 yilda tug‘ilgan Z.T. RShTYoIM Toshkent viloyati filialida shifokor bo‘lib ishlagan. U 2025 yil 17 iyul kuni soat 19:00 larda Sergeli tumanida joylashgan RShTYoIM Toshkent viloyat filialida bemor S.A.ga shilqimlik qilgan.
Shifokor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida bemorning xonasiga kirgan. Bu paytda bemor xonada yolg‘iz bo‘lgan. Bundan foydalangan shifokor ayolning ko‘kragi va tanasining boshqa qismlaridan ushlab, unga shilqimlik qilgan.
Shifokor sudda aybiga iqror bo‘lgan va qilgan ishidan pushaymonligini, qilmishining oqibatlarini tushunib yetganini bildirgan.
Jabrlanuvchi S.A. esa o‘z ko‘rsatmasida suddan shifokorga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
“Davolanish maqsadida shifoxonaga yotdim. Xonamda mendan boshqa hech kim yo‘q edi. 17 iyul kuni soat 19:00 larda shifokor Z.T. xonamga kirib, deraza va eshiklarni yopdi. So‘ngra ko‘kragim va tanamning boshqa qismlaridan ushlab, yoqyaptimi deb so‘radi. Shok holatda bo‘lganim uchun hech narsa qilolmadim. Shundan so‘ng oila a’zolarimga murojaat qildim. Shifoxonadan ketmoqchi bo‘lganimda bosh shifokor ruxsat bermadi va xonamga 2-3 kishini joylashtirdi”, degan ayol.
JIB Sergeli tuman sudining qarori bilan Z.T. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (shahvoniy shilqimlik) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid

21:52
Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi

12:37 / 15.07.2025
Oqqo‘rg‘onda Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi

11:06 / 15.07.2025
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi

16:57 / 10.07.2025