Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin tug‘ilgan kunini nishonlash arafasida qayerga borgani ma'lum bo‘ldi

Foto: kremlin.ru
Tuva respublikasi rahbari Sholban Kara-ool Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taygada sayr qilishi tasvirlangan lavhada aynan ushbu respublika tabiati aks etganini bildirdi.
— Tuva taygasining jozibasi prezidentni har yili o‘ziga tortadi, — deb yozdi u o‘zining "Feysbuk"dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin 67 yoshni qarshi oldi.



U tug‘ilgan kunini nishonlash arafasida mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan ikki ming metr balandlikka ko‘tarildi, qo‘ziqorin terdi va ochiq havoda kichik piknik uyushtirdi.
Avvalroq Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin tug‘ilgan kunini tabiat qo‘ynida nishonlamoqchi ekanligini aytgandi.
Mavzuga oid

12:55 / 18.07.2025
Putin Rossiyada xorijiy dasturiy ta’minotni qisqartirish yo‘lini topishni buyurdi

11:05 / 16.07.2025
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

15:27 / 15.07.2025
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi

12:35 / 15.07.2025