Boyqo‘ng‘irdagi raketa parvozi O‘zbekiston ob-havosiga ta'sir qiladimi?

Foto: REUTERS
Boyqo‘ng‘irda amalga oshiriladigan raketa parvozlari O‘zbekiston ob-havosiga ta'sir qiladi, degan fikrlar anchadan beri mavjud.
Ushbu fikr tarafdorlari ob-havo o‘zgarishlari raketa parvozlari bilan to‘g‘ri kelgani to‘g‘risida ko‘p misollar keltirishi mumkin, biroq hech qanday parvoz bo‘lmasa-da, ob-havo keskin o‘zgargani, yoki, aksincha, raketa parvozlari meteorologik vaziyatga hech qanday ta'sir ko‘rsatmagani to‘g‘risida indamaydilar, deb yozmoqda «O‘zgidromet».
Bildirilishicha, raketa-kosmik texnikadan foydalanish tabiiy muhitga ta'sir ko‘rsatadi va insoniyat oldiga ana shu ta'sirni o‘rganish bo‘yicha ma'lum vazifalarni qo‘yadi. Ekologlar, biologlar, tibbiyot xodimlari o‘z sohalari bo‘yicha muammoni o‘rganmoqda. Ayniqsa, raketa qismlari yerga tushadigan hududlarda ko‘p tadqiqotlar o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlar kosmik faoliyatning atrof muhitga sezilarli salbiy ta'sirini aniqlamagan. Shunday bo‘lsa-da, bu borada aniq bir xulosa qilish uchun materiallar yetarli emasligi aytiladi.
Biroq, qayd etilishicha, olimlar ob-havo sharoitlarining shakllanishi uchun «javobgar» bo‘lgan global atmosfera jarayonlariga, shuningdek, iqlim o‘zgarishlariga raketa tashuvchilar parvozi ta'sir ko‘rsatmasligi to‘g‘risida yakdildir. Faqat bulutlar, tuman, muzliklar yoki qor qoplamiga sun'iy ta'sir etish maqsadida amalga oshiriladigan parvozlar bundan mustasno.
«Raketalar parvozining atmosferaga ta'sir etish ko‘lamini ob-havo o‘zgarishlariga sabab bo‘ladigan sinoptik obektlar ko‘lami bilan solishtirib bo‘lmaydi. Agar kosmik parvozlarni ob-havo nuqtai nazaridan muhokama qiladigan bo‘lsak, bunda avvalambor sun'iy yo‘ldoshlar yordamida olinadigan bebaho meteorologik ma'lumot to‘g‘risida gapirish kerak», - deyiladi «O‘zgidromet» xabarida.
Mavzuga oid

22:10 / 05.06.2025
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi

20:03 / 30.05.2025
Issiq havo qaytadi, ba’zi hududlarga sel keladi - kutilayotgan ob-havo tahlili

22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi

13:12 / 21.05.2025