To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga sayohat qilayotgan haydovchilar ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
6−9 iyun kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik tufayli O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel va suv toshqinlari kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Sel kelish xavfi bor hududlar:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlari;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq va Shohimardon tumanlari;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga sayohat qilayotgan haydovchilar ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirildi.
Ta’kidlanishicha, ayrim hududlarda yomg‘ir suvi to‘planib, hududlarni suv bosishi mumkin.
Mavzuga oid

13:32 / 05.06.2025
Hafta oxirida harorat pasayishi kutilmoqda

11:46 / 02.06.2025
O‘zbekistonda hafta davomida issiq bo‘lishi kutilmoqda

20:03 / 30.05.2025
Issiq havo qaytadi, ba’zi hududlarga sel keladi - kutilayotgan ob-havo tahlili

11:34 / 30.05.2025