Sirli devor. Prezident saroyi, «Rossiya yuragi» Kremlga fotosayohat

Dunyoning eng mashhur yerlari deganda ko‘pchilik Eyfel, Ozodlik haykali, Piza kabi binolarni sanaydi. Ular orasida shubhasiz, Kreml nomi ham keltiriladi. «Rossiya yuragi» deb ataladigan Kreml o‘zining sirli ekani bilan ajralib turadi. Tarixi XIII asrga borib taqaladigan Kreml bugun Rossiya prezidentining rezidensiyasi hisoblanadi. SSSR vaqtida kompartiya bosh kotiblari ham shu yerda ishlagan. Lenin va Stalin aynan Kremlda dafn qilingan. Xullas, bu Rossiya uchun eng muqaddas yer.
Kreml so‘zi eski rus tilida devor ma'nosini bildiradi. U Moskva daryosi sohilida joylashgan. Kreml devorlari Qizil maydon bilan tutash. Bu afsonaviy maydonda Aleksandr bog‘i va mashhur Tsum joylashgan. Aynan mana shu maydon Rossiyaning eng mashhur yeri hisoblanadi va sayyohlar bilan doim gavjum bo‘ladi.
Kremlga Moskvaning to‘rt tomonidan borish juda qulay. Masalan, metro orqali boradiganlar afsonaviy maydonni muammosiz topib olishlari mumkin. Kremlga eng yaqin metro bekati bu «Oxotniy ryad» hisoblanadi. U shundoqqina qizil maydonning oldidan chiqadi. «Arbatskaya» bekatidan chiqsangiz, Arbat ko‘chasi bo‘ylab ozgina piyoda yurib Kremlga chiqishingiz mumkin.
Kreml haqida bejizga ma'lumot bermayapmiz. Kun.uz muxbiri Rossiya poytaxtida bo‘lib mamlakatning eng mashhur maydonini suratga oldi. Quyida «Rossiya yuragi»dan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.
Muhammadjon G‘aniyev olgan suratlar
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Do‘stlar, biz bu kunga yetdik, uddaladik!” – oson kechmagan mundial yo‘li haqida katta suhbat
Sport | 22:02
-
Germaniyada barcha politsiyachilarni elektroshokerlar bilan qurollantirish taklif qilindi
Jahon | 21:49
-
AQSh Ukrainaga va’da qilingan 20 mingta raketani Yaqin Sharqqa yubordi - Zelenskiy
Jahon | 21:39
-
United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink’ni o‘chirib qo‘yishni boshladi
Jahon | 21:04
Mavzuga oid

20:15 / 05.05.2023
Kremlga dron hujumi ortida Ukraina turgan bo‘lishi mumkin - manba

12:56 / 11.04.2023
ISW: Kreml Yevgeniy Prigojinni obro‘sizlantirishga harakat qilmoqda

16:48 / 09.03.2023
Litva maxsus xizmatlari: Kreml Ukrainadagi urushni davom ettirmoqchi

13:04 / 16.01.2023