Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat chegarasida fitosanitariya nazoratini tashkil etish tartibi belgilandi
2019 yil 18 noyabrda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qaror asosida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» tasdiqlandi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Nizom talablariga ko‘ra, fitosanitariya nazorati organi Davlat chegarasini avtoyo‘l, temir yo‘l, havo va daryo o‘tkazish punktlari orqali piyoda kesib o‘tayotgan shaxslarning qo‘l yuki va bagajini bojxona organlari bilan birgalikda tegishli nazorat texnik vositalarini qo‘llagan holda nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazishga haqli.
Agar fitosanitariya nazorati obektlari hisoblangan yoki tashuvchi transport vositalari va tovarlarni ko‘rikdan o‘tkazish zarur bo‘lganda, fitosanitariya nazorati xodimi har bir tekshiruv jarayonida ishtirok etadi.
O‘tkazish punktida fitosanitariya organi xodimlarida shaxslar va yo‘lovchilar qo‘l yuki hamda bagajida nazorat ostidagi tovarlar mavjudligi to‘g‘risida asosli shubha bo‘lganda, ularni mustaqil ravishda nazoratdan o‘tkazish huquqiga ega.
Mavzuga oid

15:10 / 07.07.2025
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi

20:13 / 01.07.2025
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasida yuk mashinalari to‘planib qoldi

15:31 / 01.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekiston tomonidan berilgan yer uchastkalarini rasmiylashtirishni yakunladi

22:49 / 27.06.2025