Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Xavfli yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish to‘g‘risidagi Yevropa bitimiga qo‘shildi

Foto: Shutterstock
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston quyidagilarga:
Xavfli yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish to‘g‘risidagi Yevropa bitimiga (1957 yil 30 sentabr, Jyeneva);
1957 yil 30 sentyabrdagi Xavfli yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish to‘g‘risidagi Yevropa bitimining 1-moddasi a) bandiga hamda 14-moddasi 1 va 3 b) bandlariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomaga (1993 yil 28 oktabr, Jyeneva) qo‘shildi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas'ul vakolatli organlar etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi hamda ularni amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli organlar haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.
Mavzuga oid

07:34
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi

07:43 / 10.07.2025
Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish shaffof bo‘ladi

15:24 / 08.07.2025
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi

10:48 / 03.07.2025