Sport | 19:51 / 23.01.2020
30508
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni olimpiyachilariga qanchadan mukofot puli berilishi ma'lum bo‘ldi

Osiyo chempionati (U23) yarim finali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasini mag‘lub etib, Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan Saudiya Arabistoni olimpiyachilari Saudiya Qirolligi tomonidan mukofotlanadi. 

«Futbolium» kanalining yozishicha, Saudiya Arabistoni sport vaziri shahzoda Abdulaziz ibn Turki mamlakat olimpiya jamoasining har bir futbolchisini 53 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlash haqida qaror chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston (1:0) uchrashuvidan keyin raqiblarimiz bosh murabbiyi Saad Ash-Shehri Saudiya Arabistoni Olimpiada yo‘llanmasini  24 yildan buyon kutayotganligi haqida gapirgandi.

Mavzuga oid