Alisher Sa'dullayev: «Yoshlar bilan qanday ishlash kerakligining namunasini ko‘rsatib bermoqchimiz»

Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi raisi Alisher Sa'dullayev chorshanba kuni Xalqaro press-klub sessiyasida chiqish qilib, tashkilot negizida yangi davlat organi – Yoshlar ishlari agentligi tashkil etilishi haqida gapirib o‘tdi.
«Muhtaram prezidentimiz 27 dekabrdagi yoshlar bilan uchrashuvda aytdilarki, Yoshlar Ittifoqi – nodavlat-notijorat tashkilot bo‘lsa-da, juda ko‘plab davlat siyosatini yurgizuvchi funksiyalarni bajargan. Bu bir vaqtning o‘zida ham mas'uliyat yuklagan, ham samaradorligi yuqori bo‘lmagan bo‘lishi mumkin.
Aslida yoshlarga oid davlat siyosatining bitta katta o‘zgarishi – davlat organining paydo bo‘lishi. Biz o‘rganib ko‘rdik, juda ko‘p rivojlangan davlatlarda yoshlarga oid davlat siyosatini yurituvchi organ bor va uning funksiyasi alohida, hammadan ajralib qolgan holda siyosat yurgizish emas. Umuman, har gorizontal, ham vertikal ravishda vazirliklar va mahallik hokimliklarga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha umumiy kuch sifatida qarash.
Agar biz yoshlar bilan ishlayapmiz, deb alohida bir tashkilot faqat o‘zi harakat qiladigan bo‘lsa, aholining 60 foizini tashkil qiladigan yoshlar bilan ishlab bo‘lmaydi. Buni jismonan ham iloji yo‘q. Shuning uchun ham asosiy maqsad belgilandiki, 2020 yilda bu har bitta organning siyosatiga aylanishi kerak. Uning uchin nima kerak bo‘ladi – yoshlar bilan ishlash tizimi, metodologik yordam va qanaqa ishlanadi degan savolga javob kerak bo‘ladi.
Agentlikning ham vazifasi ham, umuman bu yilgi vazifamiz ham birinchi o‘rinda har bir tashkilotga yoshlar bilan qanday ishlanishining namunasini ko‘rsatib berish va hammani birdek yoshlar bilan ishlash masalasiga jalb qilish bo‘ladi», – degan Sa'dullayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 27 dekabrda yoshlar bilan uchrashib, Alisher Sa'dullayevga bir oy muddatda Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish bo‘yicha taklif kiritishga topshiriq bergan edi.
Yangi agentlik Prezident administratsiyasi qoshida tuzilishi kutilyapti.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Do‘stlar, biz bu kunga yetdik, uddaladik!” – oson kechmagan mundial yo‘li haqida katta suhbat
Sport | 22:02 / 08.06.2025
-
Germaniyada barcha politsiyachilarni elektroshokerlar bilan qurollantirish taklif qilindi
Jahon | 21:49 / 08.06.2025
-
AQSh Ukrainaga va’da qilingan 20 mingta raketani Yaqin Sharqqa yubordi - Zelenskiy
Jahon | 21:39 / 08.06.2025
-
United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink’ni o‘chirib qo‘yishni boshladi
Jahon | 21:04 / 08.06.2025
Mavzuga oid

18:17 / 04.10.2024
Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasiga raislik qiladi

12:54 / 19.06.2024
Jizzaxda odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilindi

12:09 / 11.08.2022
“Jadidlar” to‘plami. Bu tashabbus nega birdek iliq qarshi olinmadi?

20:27 / 08.08.2022