Hindistonda erkak 20 ga yaqin bolani garovga oldi

Foto: Flickr
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bir erkak o‘z uyida 20 ga yaqin bolani garovga oldi. Ayni vaqtda politsiya bolalarni qutqarish bo‘yicha amaliyot o‘tkazmoqda. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar berdi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Farruhobodda yashovchi, qotillikda ayblangan Suresh Batam ismli erkak bolalarni o‘z qizining tug‘ilgan kuniga taklif qilib, so‘ngra ularni garovga olgan.
Ta'kidlanishicha, garovga olingan bolalarning aniq soni noma'lum. Mahalliy aholining ma'lum qilishicha, erkakning uyida 20-25 nafar bola, rafiqasi va bir yoshli qizi bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025