Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda jayron ovchilariga sud hukmi o‘qildi
Buxoro viloyatida jayron ovlagan 5 nafar qonunbuzarga 3 yildan 4 yilgacha bo‘lgan ozodlikni cheklash jazolari belgilandi.
7 fevral kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumani jinoyat sudida jayron ovchilariga nisbatan sud ishining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sud hukmiga muvofiq ushbu qonunbuzarlikni sodir etgan 5 nafar fuqaroning 4 nafariga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasi 3-qismining tegishli bandlariga muvofiq 3 yil muddatga, 1 nafariga esa 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi belgilangan.
Shuningdek, jami 66 900 000 so‘m miqdorda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan va undirib olingan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan 2019 yil 24 avgustdan 25 avgustga o‘tar kechasi uch dona ov quroli hamda kuchli yoritish quvvatiga ega projyektorlardan foydalangan holda tumanning Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan 2 bosh jayronni ovlagan 5 nafar fuqaro Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari hamda chegara harbiy qism askarlari tomonidan to‘xtatib qolingani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasiga muvofiq ish qo‘zg‘atilib, hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, sudga oshirilgandi.
Mavzuga oid

20:26 / 02.07.2025
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi

10:13 / 02.07.2025
“Va’da qilgan tovon pulini bermay yurishibdi” - Farg‘onadagi portlashda to‘rt jigarini yo‘qotgan aya

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

16:59 / 23.06.2025