Ne'matov Pompeoning O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurasholmasligi haqida aytgani to‘g‘risidagi savolga javob qaytardi
O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashish uchun zaruriy choralar ko‘ryapti va xorijdagi fuqarolariga kerakli yordam berishda davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov aytib o‘tdi.

Mayk Pompeo/Foto: REUTERS/Kevin Lamarque/Pool
«O‘zbekistonga shaxsiy reyslar bilan 579 kishini olib keldik, elchixona sa'y-harakatlari bilan uchinchi mamlakatlar orqali 2 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatildi. Bugun bu ishni davom ettiryapmiz. Eng boshidanoq Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarimizga yordam berish uchun barcha ishlarni amalga oshirib kelyapti», - deya javob bergan Ilhom Ne'matov Kun.uz muxbirining AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurasha olishiga shubha bildirgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan bergan savoliga.
Ne'matov bu jiddiy muammo ekani va Xitoy virus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun imkoni boricha harakat qilayotganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Xitoy tomonidan koronavirusning tarqalishi kamayib borayotgani haqida ma'lumot olyapti.
Bundan avvalroq, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo go‘yo O‘zbekiston va Qozog‘iston koronavirusga qarshi kurasha olmasligi, shu tufayli AQSh bu mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qilgani to‘g‘risida xabar tarqalgandi.
Mavzuga oid

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025