Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp dunyodagi eng ommaviy mobil dastur maqomini TikTok’ga boy berdi
WhatsApp dunyodagi eng ommaviy mobil dastur maqomini yo‘qotib, yetakchilikni TikTok ijtimoiy tarmog‘iga boy berdi.

Foto: softonic.com
Bu haqda GizChina nashri xabar berdi.
SensorTower tahliliy kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotda ta'kidlanishicha, yanvarda TikTok va uning xitoycha varianti Douyin umumiy hisobda 104 mln marta yuklanib olingan. Dasturning yuklanishi soni 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan 46 foizga, dekabriga nisbatan esa 27 foizga o‘sgan.
Umuman olganda, bu dasturlar chiqarilgandan beri 1,82 mlrd marta yuklanib olingan.
TikTok Hindiston, Xitoy, Braziliya va AQShda eng katta talabga ega bo‘lib turibdi.
Ikki dasturdan olingan tushum 2019 yil dekabrda 39,4 mln dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yil yanvarida 28,6 mln dollargacha kamaygan.
Dastur Xitoyning ByteDance kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, qisqa videolar yaratish uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid

20:18 / 18.07.2025
Rossiyada WhatsApp’ni bloklashga tayyorlanishmoqda

22:01 / 29.06.2025
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi

14:34 / 24.06.2025
AQSh Kongressida WhatsApp ilovasidan foydalanish taqiqlandi

22:37 / 19.06.2025