O‘zbekiston | 10:57 / 10.03.2020
3684
7 daqiqa o‘qiladi

Silk Road International xalqaro yuk tashuvlari bo‘yicha milliy operator sifatida belgilanadi - Prezident qarori loyihasi

Xalqaro yuk tashishlarni yanada rivojlantirish va milliy tashuvchilar raqobatbardoshligini oshirish chora-tadbirlari qabul qilinadi

Foto: Mixail Voskresenskiy

Prezidentning “Xalqaro yuk tashishlarni yanada rivojlantirish va milliy tashuvchilar raqobatbardoshligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, hozirgi vaqtda milliy tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro yuk tashishning yanada keng va faol rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi bir qator salbiy omillar saqlanib qolmoqda. Xususan:

birinchidan, eksport va import qiymatida transport xarajatlarining oshishi oqibatda eksport hajmining yetarli darajada o‘smasligida aks etiladi;

ikkinchidan, O‘zbekiston hududi orqali yuk tashishning yuqori narxlari tranzit tashish hajmining pasayishiga olib keladi;

uchinchidan, yuqori transport tarkibi bir qator O‘zbekiston tovarlar pozitsiyalari eksportini cheklaydi, chunki tovarlar narxi va transport tarkibi ularni tashqi bozorlarda raqobatbardosh qilmaydi;

to‘rtinchidan, ekspeditorlik xizmatlarining aksariyat qismi xorijiy kompaniyalar tomonidan amalga oshirilmoqda, bu esa qaytishda yuklanmaganligi sababli o‘zbekistonlik avtotransport vositalarining ko‘plab bo‘sh yurishi holatlariga olib keladi;

beshinchidan, O‘zbekistonning transport infratuzilmasi, shu jumladan, tashkil etilgan logistika markazlari, yuklarning shakllanishida ishtirok etish imkoni bo‘lmaganligi sababli, asosan yuk bilan ta'minlanmagan bo‘lib qolmoqda.

Bildirilishicha:

O‘zbekiston - Qirg‘iziston - Xitoy yo‘lagi bo‘ylab yuklarni avtomobilda tashish bo‘yicha faoliyat “O‘rta Osiyo Trans” AJ ishtirokida va “AKA Grupp” (Germaniya) kompaniyalar guruhiga kiruvchi “Urumqi Kailingda International Trade Co, LTD” (KNR)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalari hisobiga tashkil etilgan “Silk Road International” MChJ QK tomonidan olib boriladi;

“O‘rta Osiyo Trans” AJning binolari va garaj infratuzilmasidan samarasiz va maqsadsiz foydalanilmoqligi, avtotransport vositalari parkining eskirishi hozirgi vaqtda 78 foizdan ko‘proqni tashkil etadi;

“Euroasia Transportation and Logistics Company” MChJ XK, “Silk Road International” MChJ QKning ustav fondiga yuklarni xalqaro tashishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan 200 dona avtopoyezdlarni (tyagach va yarim tirkamalar) sarmoyalashga tayyorligini bildirgan;

“Urumqi Kailingda International Trade Co, LTD” kompaniyasi ikki yil ichida “Silk Road International” MChJ QKning ustav kapitaliga yanada har tomonlama rivojlanish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar shaklida 10 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarmoya qilishga tayyorligini bildirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin:

a) “Silk Road International” MChJ QKning faoliyatini, shu jumladan tashqi savdo va tranzit yuklarni tashishni ko‘paytirish bo‘yicha milliy tashuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi operator sifatida kengaytirish;

b) quyidagilarni:

belgilangan tartibda, Toshkent shahri, Qumariq ko‘chasi, 24-uy manzili bo‘yicha 14,1 gektar maydonda joylashgan “O‘rta Osiyo Trans” AJ binolari va inshootlarini;

belgilangan tartibda, “Euroasia Transportation and Logistics Company” MChJ XKga tegishli bo‘lgan 200 ta avtopoyezdlarni (tyagachlar va yarimtirkamalarni) baholangan narxlar bo‘yicha;

2 yil davomida “Urumqi Kailingda International Trade Co, LTD” kompaniyasi tomonidan 10 mln. AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari yoki transport vositasi mulklarini qo‘shimcha ulush sifatida o‘tkazish hisobiga “Silk Road International” MChJ QKning ustav kapitalini oshirish;

v) “O‘rta Osiyo Trans” AJning “Silk Road International” MChJ QK ustav kapitalidagi davlat ulushini O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ishonchli boshqaruviga berish.

“Silk Road International” MChJ QKni xalqaro tashuvlarni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi milliy operator sifatida belgilanishi mumkin.

Milliy operatorning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi:

xalqaro yo‘nalishlarda yuklarni barcha turdagi transportlarda tashish;

xalqaro multimodal tashuvlarni tashkillashtirishda transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun dispetcherlik markazini tashkil etish;

xalqaro multimodal tashuvlarni amalga oshirish va rivojlantirish;

milliy tashuvchilarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shu jumladan bo‘sh qaytib keladigan transport vositalarini qayta yuklash maqsadida xalqaro tashuvlar uchun operator xizmatlarini ko‘rsatish;

tashqi iqtisodiy faoliyat sub'yektlariga transport xizmatlarining zamonaviy turlarini joriy etish;

xalqaro tashuvni tashkil etish va ta'minlash bo‘yicha O‘zbekiston tashuvchilariga maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;

raqobatbardoshlikni oshirish va milliy tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritadilar:

“Andijon – Osh – Irkeshtom – Qashqar” avtomobil yo‘lagi bo‘ylab eksport, import va tranzit yuklarni tashish hajmini oshirish;

eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda milliy tashuvchilarning ulushini oshirish, shu jumladan eksport-import shartnomalarining yetkazib berish shartlarini qayta ko‘rib chiqish;

tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari o‘rtasida yuklarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni faollashtirish.

Belgilab qo‘yilishicha, ushbu qarorga muvofiq beriladigan va qabul qilinadigan aktivlar qiymati soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda soliqqa tortish obekti bo‘lib hisoblanmaydi.

“Silk Road International” MChJ QK tomonidan sotib olinadigan va qabul qilinadigan transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarni to‘lashdan ozod qilinadi.

Mavzuga oid