Dominikan hukumati aholini spirtli ichimlik ichishni to‘xtatishga chaqirmoqda
Dominikan hukumati aholini alkogol iste'mol qilishni to‘xtatishga chaqirdi.

Foto: Shutterstock
«Alkogol organizmning himoyalanishini pasaytiradi va koronavirus yuqishini osonlashtiradi. Izolyatsiyada bo‘lgan vaqtingizda notinchlik va qo‘rquvni his qilib ichkilik ichmang», - deyiladi ma'muriyatning Twitter sahifasidagi murojaatida.
Ayni vaqtda mamlakat hududida karantin joriy etilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Dominikanda 901 kishi koronavirusga chalingan, bu bir hafta avvalgidan 7 baravarga ko‘p. 42 kishi vafot etgan, to‘rt kishi tuzalgan.
Avvalroq JSST bosh direktori ham koronavirusga qarshi turish uchun alkogol, tamakidan voz kechishga va sport bilan shug‘ullanishga chaqirgandi.
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

14:48 / 10.04.2025
Dominikanda tom qulashi oqibatida 180 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

20:29 / 08.04.2025