Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bitiruvchi o‘rniga robot: Tokiodagi universitet innovatsion diplom topshirish marosimini o‘tkazdi
Yaponiyadagi BBT universiteti COVID-19 pandemiyasi davrida karantin qoidalarini buzmay bitiruv marosimini o‘tkazishning ajoyib texnologik yo‘lini topdi.

Foto: BBT University
Universitet rasmiy saytida xabar qilinishicha, marosimda robotlardan foydalanilgan: to‘rt nafar bitiruvchi (ikki bakalavr va ikki magistr) uydan turib masofadan bu robotlarni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Robotlarga bitiruvchilardek kiyim kiygizilib, yuz qismiga displey joylangan va u onlayn tarzda bitiruvchining vebkamerasiga ulangan. Robotlarni masofadan turib boshqargan talabalar ular vositasida diplomlarini tantanali tarzda qabul qilib olishgan.


Foto: BBT University

Qolgan bitiruvchilar esa marosimni ZOOM orqali onlayn kuzatib, fikrlari bilan o‘rtoqlashishgan.

28 mart kuni Tokiodagi mehmonxonalardan birida o‘tgan tadbirda newme robotlaridan foydalanilgan. Bitiruvchilar marosimdan keyin ushbu robotlar orqali intervyu ham berishgan.


Ma'lumot uchun, BBT (Business Breakthrough) universiteti biznes boshqaruvi sohasidagi kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan.
Mavzuga oid

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

16:38 / 30.06.2025