Toshkentda koronavirus pandemiyasi davrida 3 mingga yaqin ishsiz aholi jamoat ishlariga jalb etildi
Bugungi kunga qadar turli ishlarga jalb etilgan fuqarolarga avans tariqasida 389 million so‘m ish haqi to‘langan.

Foto: KUN.UZ
Toshkent shahrida “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Obod markaz” dasturlari orqali 2 ming 809 nafar ishsiz aholi jamoat ishlariga jalb qilingan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, koronavirus pandemiyasining mehnat bozoriga, mehnat munosabatlari va aholi bandligiga salbiy ta'sirini yumshatish, ishsiz va xorijga ishlash uchun keta olmagan, shuningdek, karantin chora-tadbirlari davomida vaqtinchalik ishsiz qolgan fuqarolar bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamkorligida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Bugungi kunda Toshkent shahrida faoliyati to‘xtagan korxona va tashkilotlar tuman, shaharlar kesimida tahlil qilinganida, savdo va umumiy ovqatlanish, qurilish, xizmat ko‘rsatish hamda boshqa sohalardagi korxonalarda 7490 nafar aholining ishsizligi ma'lum bo‘ldi.
Joriy yilning 22 aprel holatiga ko‘ra, 2 ming 809 nafar ishsiz aholi “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Obod markaz” dasturlari orqali mahalla hududlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tadbirkorlik sub'yektlari, turli korxona va tashkilotlar, hududlarda olib borilayotgan dezinfeksiya ishlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida mahallalar, ko‘chalar, bozorlar hamda boshqa jamoat joylarini dezinfeksiya qilish, yakka yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarga ko‘maklashish, asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘chma savdo shoxobchalariga va boshqa jamoat ishlariga jalb qilingan”, deyiladi xabarda.
Bugungi kunga qadar turli ishlarga jalb etilgan fuqarolarga avans tariqasida 389 million so‘m ish haqi to‘langan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

23:21 / 15.05.2025