O‘zbekiston | 22:37 / 21.05.2020
20559
1 daqiqa o‘qiladi

12-20 may kunlari Moskvadan 800ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi

12, 18 va 20 may kunlari tashkil etilgan charter reyslarda Moskva shahridan 800 nafarga yaqin o‘zbekistonlik vatanga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston elchixonasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, ushbu charter reyslar orqali respublikaga birinchi navbatda keksalar, og‘ir bemorlar, homilador (7 oylikkacha) va yosh bolali ayollar, imkoniyati cheklangan fuqarolar olib kelingan. Bundan tashqari, og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga ham imkoniyat taqdim etilgan.

Ushbu reyslarda vatanga qaytarilgan o‘zbekistonliklarning barchasi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qat'iy belgilangan tartibda 14 kunlik karantinga joylashtirilgan.

Foto: O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi

Eslatib o‘tamiz, 13 va 19 may kunlari Sankt-Peterburg, 16 mayda Rostov-Don, 17 mayda Qozon shaharlaridan charter reyslar amalga oshirilishi xabar qilingandi. 23 may kuni Novosibirskka parvoz tashkil etilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid