Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat Qo‘shko‘pir tumanidagi fermer bilan bog‘liq mojaroni o‘z nazoratiga oldi
Senat matbuot xizmati 21 may kuni Kun.uz saytida e'lon qilingan «Fermerning yeri g‘ayrioddiy tarzda tortib olindi. Qo‘shko‘pir tuman hokimligi fermerning imzosini qalbakilashtirgan bo‘lishi mumkin» sarlavhali maqola yuzasidan munosabat bildirdi.

Maqolada Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi «Izzat» fermer xo‘jaligi yerlari hokim qarori asosida zaxiraga qaytarilgani borasida so‘z yuritilgan.
Senat Axborot xizmatining xabar berishicha, Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi mazkur masalani o‘z nazoratiga oldi. Xorazm viloyatidan saylangan senatorlar rahbarligida Xalq deputatlari viloyat Kengashi Agrar komissiyasi a'zolari, tuman Kengashi deputatlari, tuman, viloyat fermerlar Kengashi mas'ullaridan iborat Ishchi guruhi tuzilgan.
Hozirda mazkur masala yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda. Tez kunlarda uning natijasi bo‘yicha aniq ma'lumotlar taqdim etiladi.
Mavzuga oid

19:31 / 08.07.2025
Urganchda ikki o‘smir ko‘p qavatli uy tomidan qulab halok bo‘ldi

16:39 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?

19:24 / 05.07.2025
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi

19:00 / 04.07.2025