Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft MSN saytidagi jurnalistlar o‘rniga robotlardan foydalanmoqchi
Iyun oxiriga kelib 50ga yaqin kishi ishidan ayrilishi mumkin, lekin jurnalistlarning ma'lum bir jamoasi saqlanib qoladi.

Microsoft kompaniyasi MSN portalidagi o‘nlab jurnalistlarni robotlar bilan almashtirmoqchi, deb xabar beradi "Bi-bi-si".
Avtomatlashgan tizimlar saytda yangiliklar joylashtirilishi uchun xabarlarni tanlab oladi. Hozirda yangiliklar sarlavhalari va mavzulari jurnalistlar tomonidan tanlanadi.
Kompaniyaning bildirishicha, jurnalistlarning sun'iy ong bilan almashtirilishi biznesni yuritishni qayta baholash bosqichi hisoblanadi.
Seattle Times nashrining qayd etishicha, iyun oxiriga kelib 50ga yaqin kishi ishidan ayrilishi mumkin, lekin jurnalistlarning ma'lum bir jamoasi saqlanib qoladi.
Ayrim xodimlarning ta'kidlashicha, sun'iy ong tahririyat siyosati bilan tanish bo‘lmasligi va saytda noma'qul materiallar chiqib ketishi mumkin.
Mavzuga oid

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

20:28 / 09.07.2025
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi

21:18 / 02.07.2025
Microsoft 9 ming nafarga yaqin xodimini ishdan bo‘shatadi

23:55 / 01.07.2025