O‘zbekiston | 12:21 / 13.06.2020
9849
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Kurmanov O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi etib tayinlandi

2020 yil 13 iyun kuni Alisher Kurmanov Toshkentdan Kiyev shahriga jo‘nab ketdi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2020 yil 13 iyun kuni O‘zbekistonning Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Alisher Kurmanov Toshkentdan Kiyev shahriga jo‘nab ketdi.

A. Kurmanov avval O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, u O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid