Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX orbitaga yana 58ta Starlink internet-sun'iy yo‘ldoshlarini olib chiqdi
Ilon Mask kompaniyasi yer yuzining istalgan nuqtasidagi aholini internet bilan ta'minlaydigan global tarmoq yaratishni rejalashtirgan.

Foto: SpaceX
Amerikaning SpaceX texnologik kompaniyasi orbitaga internet-sun'iy yo‘ldoshlarini olib chiqish muvaffaqiyatli amalga oshirilganini ma'lum qildi.
13 iyun kuni Falcon 9 raketa tashuvchi 58ta Starlink sun'iy yo‘ldoshi va uchta SkySat qurilmasini orbitaga olib chiqdi.
Ushbu parvoz hisob bo‘yicha to‘qqizinchisi bo‘ldi. Endilikda orbitadagi internet tarqatishga mo‘ljallangan Starlink sun'iy yo‘ldoshlari soni 538taga yetdi.
From West Palm Beach 131 miles down the coast this morning pic.twitter.com/p19JBRcjWz
— Frankie Williamson (@fw1seven) June 13, 2020
Ilon Mask kompaniyasi yer yuzi aholisini internet bilan ta'minlaydigan global tarmoq yaratishni rejalashtirgan.
SpaceX kompaniyasidan tashqari, OneWeb, Telesat, LeoSat va Amazon kompaniyalari ham butun insoniyatni internet bilan ta'minlaydigan global tarmoq yaratish ustida ish olib bormoqda.
Mavzuga oid

18:34 / 03.07.2025
O‘zbekiston osmonida qatorlashib uchayotgan jismlar ko‘rindi. «O‘zbekkosmos» holatni tushuntirib berdi

19:19 / 25.06.2025
Crew Dragon kosmik kemasi tijorat ekipaji bilan XKSga uchib ketdi

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

21:04 / 08.06.2025