Tramp o‘z farmonidan keyin AQShda haykallarni tahqirlashga urinishlar to‘xtaganini ma'lum qildi

Foto: EPA
AQSh prezidenti Donald Tramp haykallarni muhofaza qiluvchi farmonni imzoladi. Hujjat haykal yoki yodgorlikni tahqirlashga urinishni 10 yillik qamoq muddati bilan jazolash imkonini beradi.
Trampning ta'kidlashicha, farmon qabul qilingandan keyin AQShda namoyishchilarning haykallarni oyoq osti yoki qo‘porib tashlashga urinishlari to‘liq to‘xtagan.
“Haykallar, yodgorliklarni oyoq osti qiluvchi harakatlarni sodir etuvchilar uchun 10 yillik qamoq jazosi kiritilgach hamda mamlakat bo‘ylab ushbu harakatlar uchun ko‘plab odamlar hibsga olingandan keyin vayron qilishlar to‘liq to‘xtadi. Rahmat!”, deb yozgan Tramp.
Tramp ushbu farmonni 26 iyunda imzolagan.
AQShda qora tanli Jorj Floyd politsiya harakatlari oqibatida vafot etganidan keyin boshlangan norozilik namoyishlari davomida bir qator shaharlarda turli tarixiy shaxslar, jumladan AQShdagi fuqarolik urushi vaqtida quldor Janub shtatlarini birlashtirgan Konfederatsiya arboblari hamda Amerikani ochgan Xristofor Kolumbga o‘rnatilgan haykallar qo‘porib tashlana boshlangandi.
Mavzuga oid

11:10
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

11:13 / 23.05.2025