Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung AQSh kompaniyasi bilan 5G tarmoqlar qurish bo‘yicha 6,6 milliard dollarlik shartnoma tuzdi
Samsung kompaniyasi AQShning yirik mobil operatorlaridan biri bo‘lgan Verizon kompaniyasi uchun 5G tarmoqlar qurish bo‘yicha 6,6 mlrd dollarlik shartnoma tuzganini e'lon qildi. Janubiy Koreya kompaniyasi va Verizon Sourcing LLC o‘rtasida tuzilgan shartnoma 2025 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Foto: Getty Images
Ushbu shartnoma qiymati Samsung Electronics’ning 2019 yildagi tushumining deyarli 3,5 foizini tashkil qiladi.
Janubiy Koreya 5G tarmoqlarini tijoriy maqsadda ishga tushirgan dunyodagi birinchi davlatlardan biri bo‘ldi. Samsung va Verizon kompaniyalari Open RAN Coalition deb nomlangan kompaniyalar alyansi ishtirokchilari hisoblanadi. Bu alyansga AQSh, Yevropa, Janubiy Koreya va Yaponiya kompaniyalari (AT&T, Cisco, Microsoft, HP, Intel, Nokia, Telefonica, NTT va boshqalar) kiradi. Ba'zi kuzatuvchilar ushbu alyansni Xitoy telekommunikatsiya kompaniyalarining o‘sib borayotgan ta'siriga qarshi birlashma deb hisoblaydilar. Bir qator g‘arb davlatlari fikricha, Xitoy kompaniyalari ta'siri kuchayishi ularning milliy xavfsizligiga tahdid soladi.
Ma'lumki, AQSh Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritgan. Yevropa davlatlari Xitoy kompaniyalariga qarshi ochiqcha sanksiyalar kiritmagan bo‘lsa-da, “demokratiya yo‘q bo‘lgan” davlatlarda joylashgan va “hukumat bilan yaqin aloqalarga” ega kompaniyalar xizmatlariga ba'zi cheklovlarni ko‘zda tutuvchi qaror qabul qilgan.
Mavzuga oid

23:54 / 14.07.2025
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin

21:01 / 14.07.2025
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

19:14 / 14.07.2025