«Qoniqarsiz» deb topilgan Xovos tumani to‘rtligi ham uzr so‘rab, va'da berdi
7 oktabr kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Xovos tumani kengashining 14-sessiyasida tuman hokimi Uchqun Kamolov Senat a'zolari, siyosiy partiyalar, mahalla faollari, deputatlar, OAV vakillari va jurnalistlar oldida tumanning «qoniqarsiz» ahvolga tushib qolgani yuzasidan hisobot berdi.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, Xovos tumani hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va aholi jon boshiga (1,04 mln so‘m) to‘g‘ri keladigan mahsulotlar hajmi bo‘yicha viloyatda 10-o‘ringa, xizmat ko‘rsatish sohasida 10-o‘ringa, chakana tovar aylanmasi hajmi bo‘yicha 11-o‘ringa, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish va hududiy eksport hajmi bo‘yicha 8-o‘ringa tushib ketgan.
Aholi bandlik darajasi 90,48 foiz bilan 8-o‘rinni qayd etgan. Ishsizlik darajasini kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida 770 yangi ish o‘rnini yaratish va 2020 yil boshidagi 13,3 foizdan 9 foizga kamaytirish bo‘yicha dastur qabul qilingan.
Xotin-qizlar bandligi tumanda 85,7 foizni (viloyatda 8-o‘rinni) tashkil etadi. 2020/2021 yillarda 2843 nafarining bandligini ta'minlash choralari ko‘riladi.
Vaqtincha ishlash uchun xorijga ketgan 6449 nafar iqtisodiy faol aholining 60 foizini yil yakuniga qadar tumanga qaytarish va ularni ish bilan ta'minlash choralari ko‘riladi. Mehnat bozorida 1 bo‘sh ish o‘rniga 7 nafar ishsiz to‘g‘ri keladi.
Tumanning shifokorlar bilan ta'minlanganlik darajasi har 10 ming kishiga 9,2 kishiga (viloyatda 9-o‘ringa) to‘g‘ri keladi. Kasalxona koykalari har 10 ming kishiga 17 dona (viloyatida 10-o‘ringa) to‘g‘ri keladi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligi va sog‘liqni saqlash bo‘limi tomonidan tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari bilan shartnoma imzolab, ularni qulay ish o‘rinlariga joylashtirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi jami aholining 69,8 foiziga to‘g‘ri kelib, viloyatda 9-o‘ringa to‘g‘ri kelgan. 2020 yilning oxiriga qadar davlat investitsiya dasturi doirasida Xovos tumani markaziy suv ta'minoti tizimining 25,1 km qismi qurilish ishlarini o‘z muddatida tugatish belgilangan.
Soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida undirilishini ta'minlash bo‘yicha tuman 9-o‘rinni qayd etgan.
Prezidentning virtual va xalq qabulxonalari orqali davlat hokimiyati organlariga kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida bajarish ko‘rsatkichi bo‘yicha 11-o‘rinda qayd etilgan. Bunga sabab, murojaatlarni qayd etish davrida mas'ul shaxslar tomonidan tushunchaga ega bo‘lmaslik oqibatida tuman quyi o‘rinlarni egallagan. Takroriy murojaatlar soni 109 tani tashkil etgan. Kelib tushgan murojaatlarning 86 foizi qanoatlantirilgan.
Sessiyada tuman hokimi va sektor rahbarlari tumanning «qoniqarsiz» hududga kirgani uchun deputatlar, OAV vakillari va jurnalistlar oldida kechirim so‘rab, tumanni «yaxshi» hududga o‘tkazish uchun va'da berdi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:06
-
Rossiyalik olimlar chigirtkalardan non yopishni tavsiya qildi
Jahon | 22:49
-
Urushlar endi o‘zgacha: «Pautina» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27
Mavzuga oid

14:25 / 04.02.2020
Sirdaryoda qariyb 60 mln so‘mlik elektr simlari o‘g‘irlab ketildi

14:09 / 08.10.2019
Xonadon egasining tomorqasidan 2 kilogrammdan ortiq «marixuana» olindi

14:01 / 02.09.2019
Sirdaryoda 52 yoshli ayol o‘zaro janjal oqibatida vafot etdi

12:41 / 21.08.2019