Xitoy dunyodagi birinchi 6G sun'iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
Xitoy 6G tarmog‘ining birinchi sinov sun'iy yo‘ldoshini fazoga chiqardi. Qurilma 6-avlod tarmog‘i tajribaviy texnologiyasi qanchalik yaxshi ishlashini ko‘rsatishi lozim.

Foto: Twitter / UESTC
Qurilma yana 12ta boshqa sun'iy yo‘ldosh bilan birga Tayyuan kosmodromidan uchirilgan Long March 6 raketasi yordamida orbitaga chiqarilgan.
Tinyan 05 nomi bilan ma'lum bo‘lgan sun'iy yo‘ldosh Chengdu Guoxing Aerospace Science and Technology, Xitoy elektron fanlar va texnologiyalar universiteti hamda Beijing MinoSpace Technology kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
70 kg keladigan sun'iy yo‘ldoshdan ko‘zlangan asosiy maqsad Yerni masofadan zondlashdan iborat. Texnologiya ma'lumotlarni uzatishning 5G tarmog‘i tezligidan bir necha marta yuqoriroq tezligiga erishish uchun yuqori chastotali teragers to‘lqinlari qo‘llanishini ko‘zda tutadi.
Teragers diapazondagi aloqa bir nechta ustunliklarga ega. Bu ustunliklarga ma'lumotlar uzatilishining yuqori tezliklari va aloqani tatbiq qilishning osonligini kiritish mumkin.
Mavzuga oid

17:38 / 22.06.2025
Fordodagi uran AQSh hujumidan oldin boshqa joyga ko‘chirilgan – OAV

11:33 / 09.06.2025
O‘zbekistonda dalalarda somon yonishi sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatilmoqda

13:52 / 03.06.2025
NOAA: Quyosh chaqnashi elektr tarmoqlari va sun’iy yo‘ldosh tizimlarini buzishi mumkin

21:52 / 11.05.2025