Jahon | 13:52 / 03.06.2025
2289
1 daqiqa o‘qiladi

NOAA: Quyosh chaqnashi elektr tarmoqlari va sun’iy yo‘ldosh tizimlarini buzishi mumkin

Magnit bo‘ron navigatsiyaga ta’sir qilishi va baland kengliklarda shimoliy yog‘duni qo‘zg‘atishi mumkin.

Foto: Getty Images

30 may kuni sodir bo‘lgan quyosh chaqnashi energiya va sun’iy yo‘ldosh infratuzilmasida uzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda AQShning Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) tarkibiga kiruvchi Kosmik ob-havoni bashorat qilish markazi (SWPC) xabar berdi.

SWPC bayonotida ta’kidlanishicha, quyosh bo‘roni energiya tizimlari, sun’iy yo‘ldosh tarmoqlari va navigatsiya signallariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Elektr tarmoqlarida kuchlanishni nazorat qilish bilan bog‘liq muammolar va qisqa muddatli uzilishlar xavfiga alohida e’tibor qaratiladi.

Kuchli geomagnit faollik darajasi 1 va 2 iyun kunlari ham davom etishi mumkin. Prognozga ko‘ra, 3 iyundan boshlab bo‘ron o‘rtacha va kuchsiz darajaga – G1 va G2 darajagacha susayishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, mutaxassislar yuqori kengliklarga ega bo‘lgan hududlarda shimoliy yog‘duni kuzatish mumkinligini ta’kidladi.

Mavzuga oid