Sovuq qurolni maqsadli yoki bemaqsad olib yurganlik qanday aniqlanadi? IIV mutasaddisi javob berdi
Bugun, 27 noyabr kuni AOKAda Ichki ishlar vazirligi va Oliy sud vakillari ishtirokida «Jamoat xavfsizligini ta'minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun mazmun-mohiyatiga doir matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirda Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departament yuridik ta'minlash boshqarmasi bosh yuriskonsulti, mayor Sarvar Mamadaliyev fuqarolarning sovuq qurol olib yurishdan maqsadi qanday aniqlanishi hamda bu borada xodimlar tomonidan mansab vakolatlari suiiste'mol qilinishiga doir savolga javob berdi.
«Pichoq yoki boshqa maishiy maqsadlarda foydalaniladigan ashyolarni g‘ilofi bo‘lmasa, ularni qalinroq matoga o‘ragan holda sanchuvchanlik va kesuvchanlik xususiyatini yo‘qotish darajasida o‘rab, ko‘rinmaydigan holda olib yurish mumkin. Ya'ni boshqa shaxsga to‘qnashib ketganda tan jarohati yetkazish xususiyati bo‘lishi kerak emas», - dedi IIV vakili.
Sarvar Mamadaliyevning so‘zlariga ko‘ra, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda bu kabi holatlarni qanday tartibda rasmiylashtirish kerakligi belgilangan.

«Agarda, haqiqatan ushbu ashyolar o‘tkirlash maqsadida olib ketilayotgan bo‘lsa yoki qassob bir hovliga qo‘y so‘ygani ketayotgan bo‘lsa, ularning chiqqan joyi va boradigan joyi aniq. Bundan tashqari, har bir profilaktika inspektorida o‘z hududidagi aholi haqida ma'lumotlar mavjud. U oshpazmi, qassobmi yoki santexnikmi, biladi. Ikkinchidan, u haqda surishtiriladi, sovuq qurol turidagi buyumlar uning kasb faoliyati bilan bog‘liqligi o‘rganiladi. Bundan tashqari, charxlaydigan joy bo‘lsa qaysi hududga borishiga ham e'tibor qilinadi. Balki bozorga boshqa hududga borib, bir yo‘la o‘sha joyda pichog‘ini charxlatib kelaman deyishi ham mumkin. Bunda barcha holatlar hisobga olinadi», – dedi u.
IIV vakilining ta'kidlashicha, ushbu huquqbuzarliklar uchun jazo sud tomonidan tayinlanadi.
«IIV xodimlari tomonidan holat aniqlanadi va rasmiylashtiriladi. Huquqbuzarlikni rasmiylashtirish va sud jarayonlarida ham fuqarolarda o‘zini bevosita yoki advokat orqali himoya qilish, tortishuvchanlik va dalillarni keltirib, aybsizligini isbotlash huquqi bor. Shuningdek, bunda har bir holatga xolisona baho beriladi.
Aytaylik, kech soat 12 yoki 1da sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyoni xilvat joylarda olib yurish qaysi kasbga to‘g‘ri keladi? Yoki maktab, oliy o‘quv yurtlariga olib borish qanday maqsadlarga to‘g‘ri keladi? Bu joylarda pichoq yoki sovuq qurol sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurishga zaruriyat yo‘q.
Bu turdagi huquqbuzarliklarni aniqlashda faqatgina IIV xodimlari emas, jamoatchilik va mahalla ham yordam beradi. Shuningdek bu yo‘nalishda ichki ishlar vazirining buyrug‘i ham qabul qilingan”, – dedi Sarvar Mamadaliyev.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujumda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi
Jahon | 08:51
-
O‘zbekistonda ekologiya muhofazasi bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 08:37
-
Isroil gumanitar yordam yuklangan 3000 ta yuk mashinasining G‘azoga kirishini to‘sib qo‘ydi
Jahon | 08:15
-
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi
Jamiyat | 08:00
Mavzuga oid

20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV

18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi

14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi

10:06 / 21.04.2025