Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda dunyodagi eng katta dron taqdim etildi (video)
AQShda Aevum kompaniyasi katta o‘lchamli uchuvchisiz parvoz qurilmasi Ravn X’ni taqdim etdi. Dron orbitaga kichik sun'iy yo‘ldoshlarni chiqarish uchun mo‘ljallangan.

Foto: Aevum
Dronning uzunligi 24 metrni, balandligi 5,5 metrni, qanotlari uzunligi esa 18 metrni tashkil qiladi. Qurilmada samolyot yonilg‘isi ishlatiladi.
Ta'kidlanishicha, Ravn X har qanday ob-havo sharoitida ucha oladi, detallarining 70 foizini esa ko‘p marotaba ishlatish mumkin.
Dronning birinchi parvozi 2021 yilning oxirigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shundan keyin Aevum qurilmani AQSh mudofaa vazirligi uchun orbitaga foydali yukni chiqarishda qo‘llamoqchi. Dronni ishlab chiqqan mutaxassislar g‘oyasiga ko‘ra, Ravn X o‘z missiyalari davomida sun'iy yo‘ldoshlarga ega raketani orbitaga uchirish uchun 9-18 km balandlikka ko‘tariladi.
Ravn X’ning raketani uchirish tizimi bortda uchuvchilar bo‘lishini talab etmaydi va buning evaziga inson uchun xavfni to‘liq istisno qiladi.
Aevum’da ta'kidlanishicha, Ravn X dronlari floti kelgusida har 3 soatda fazoga yuklar yetkazishi mumkin.
Mavzuga oid

18:13
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32