Jahon | 17:26 / 07.12.2020
1485
1 daqiqa o‘qiladi

2021 yilda o‘tkaziladigan Le Burjye aviasaloni pandemiya sababli bekor qilindi

Ko‘rgazma ishtirokchilari aviasalonda qatnashish uchun to‘lagan pullar to‘liq qaytariladi. Navbatdagi aviasalon 2023 yil iyunda bo‘lib o‘tadi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Tashkilotchilar qaroriga muvofiq, 2021 yilgi Le Burjye aviakosmik saloni o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Navbatdagi tadbir 2023 yilda bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda aviasalon matbuot xizmati.

 "COVID-19 sababli sog‘liqni saqlash tizimida yuzaga kelgan inqiroz bilan bog‘liq mavhumlikni e'tiborga olgan holda Le Burjye saloni 2021 yil 21-27 iyunda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbir bekor qilinganligini bildiradi", - deyiladi aviasalon matbuot xizmati xabarida.

 Ko‘rgazma ishtirokchilari aviasalonda qatnashish uchun to‘lagan pullar to‘liq qaytariladi. Navbatdagi aviasalon 2023 yil iyunda bo‘lib o‘tadi.

Le-Burjye – dunyodagi eng yirik aviasalonlardan biri. U Parij yaqinida joylashgan shu nomdagi aeroportda o‘tkaziladi.

Mavzuga oid