Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda tayinlanganiga bir oy bo‘lgan hokim 349 mln so‘mga Equinox xarid qilmoqda

Bir oy avval Chimboy tumani hokimi lavozimiga tayinlangan Aybek Tajyetdinov xizmatda foydalanish uchun EQUINOX (Mosaic Black Metallic) avtomobilini xarid qilmoqda.
Avval Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida, hozir esa Chimboy tumani hokimi bo‘lgan Aybek Tajyetdinov «UzAuto Motors» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan EQUINOX rusumli mashinani 349 mln so‘mga sotib olish bo‘yicha shartnomani 21 dekabr kuni imzolagan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Hokimlik yangi avtomobil xarididan ko‘zlangan maqsadni shartnomada ochiqlamagan. Shartnomaga ko‘ra, 10 kun ichida, 31 dekabr kuni EQUINOX egasiga yetkazib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Aybek Tajyetdinov egallab turgan lavozimiga 7 noyabr kuni kirishgandi.
Ma'lumot uchun, 12 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan qariyb 883 mln so‘mga Toyota Prado, 11 dekabr kuni esa Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri 311 mln 124 ming 67 so‘mga Malibu-2 sotib olgandi.
Mavzuga oid

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

15:45 / 03.07.2025
Qoraqalpog‘istonda yirik turizm zonasi quriladi

21:08 / 11.06.2025
Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi – Saida Mirziyoyeva

08:04 / 11.06.2025