Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga yoki qayta ishlashga yo‘naltirilishi lozimligi belgilandi

Foto: KUN.UZ
Hukumat qarori bilan Qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu Nizom bilan barcha turdagi qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga yo‘naltirilishi kerakligi belgilandi.
Shuningdek, qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish xarajatlari loyiha-smeta hujjatlarida majburiy tartibda nazarda tutilishi va qurilish ishlari qiymatiga qo‘shilishi belgilandi.
Qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash ularning xavflilik sinfiga ko‘ra:
- xavfsiz qurilish chiqindilari vaqtincha saqlash joylarining ochiq maydonchalarida;
- xavfli qurilish chiqindilari majburiy tartibda konteynerlar, chiqindi qutilari va chiqindilarning fuqarolar sog‘lig‘i hamda atrof-muhitga zararli ta'siridan muhofaza qilishni ta'minlovchi boshqa idishlarda amalga oshiriladi.
Qaror 2021 yil 29 apreldan kuchga kiradi.
Mavzuga oid

12:15
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

13:10 / 23.06.2025
O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi

12:13 / 31.05.2025
Surxondaryoda 23 ta ko‘p qavatli turar joy binosida seysmik jihatdan kamchiliklar aniqlandi

11:08 / 14.04.2025