Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari kamaydi
2021 yilning 1 fevral holati ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 34,3 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin-valuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma'lumotni e'lon qildi.
Joriy yilning 1 fevral holati bo‘yicha, respublika oltin-valuta zaxiralari 584,2 million dollariga kamayib, 34 milliard 319,8 million dollarni tashkil qilmoqda.
Taqqoslash uchun, 2021 yilning 1 yanvar holati bo‘yicha O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 34,9 mlrd dollarni tashkil qilgandi.
Markaziy bank izohida aytilishicha, xalqaro zaxiralar kamayishiga xorijiy valutadagi aktivlar kamayishi sabab bo‘lgan.
Oltin-valuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Ma'lumot uchun, respublika xalqaro zaxiralarida 2021 yilning 1 fevral holatida oltin 20,28 milliard dollarni, xorij valuta aktivlari 13,65 milliard dollarni tashkil etgan.
2020 yilning so‘nggi oylarida ham xalqaro zaxira aktivlari ketma-ket pasaygandi.
Mavzuga oid

17:52 / 28.07.2025
Har uch o‘zbekistonlikdan biri pul jamg‘armaydi - so‘rovnoma

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

14:17 / 15.07.2025
Citibank O‘zbekistonda vakolatxona ochmoqda

07:51 / 15.07.2025